Rossiya, Hindiston va Eron Sues kanaliga muqobil yo‘nalish ochadi

Obuna bo‘lish
Yangi transport koridori yuklar tashish vaqti va qiymatini Sues kanali orqali o‘tgan yo‘nalishga qaraganda 30-40 %ga kamaytiradi. Masalan, Hindistondan Moskvaga yuborilgan tovarlar 20 kun oldin yetib keladi.

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Rossiya, Hindiston va Eron “Shimol – janub” xalqaro transport kanali ochilishini muhokama qilish maqsadida noyabr oyida uchrashuv o‘tkazadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Eronning Press TV telekanaliga asosan.

Uzunligi 7,2 ming kilometr bo‘lgan yangi yo‘nalish Sues kanali orqali o‘tgan transport koridorining arzonroq va qisqaroq muqobili bo‘ladi.

Voditel furi na tamojennom postu v Chernyaxovske. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston orqali Xitoydan Afg‘onistonga yangi transport koridori ochildi

Yangi loyihada temir yo‘l transporti va suv transportidan foydalaniladi. Tovarlar Hindistondan Eronning Fors ko‘rfazida joylashgan Bandar-Abbos shahri portlariga yo‘naltiriladi. Undan Kaspiy dengizida joylashgan Bendar-Enzeli shahriga, u yerdan dengiz orqali Astraxan shahriga, keyin esa temiryo‘l orqali Yevropaga yetkaziladi.

Ushbu transport koridori yuklar tashish vaqti va qiymatini Sues kanali orqali o‘tgan yo‘nalishga qaraganda 30-40 %ga kamaytiradi. Masalan, Hindistondan yuborilgan tovarlar Moskvaga 20 kun oldin yetib keladi. Yangi transport koridori bo‘yicha jo‘natilayotgan yuklar hajmi yiliga 20-30 million tonnani tashkil qiladi.

Biroz oldin Hindiston Savdo va sanoat vaziri Suresh Prabxu uning mamlakati ushbu transport koridoridan imkon qadar tezroq foydalanishni boshlashni istashini xabar qilgan edi.

Esaltib o‘tamiz, yangi “Shimol – Janub” yo‘nalishi bo‘yicha yuklarning sinov partiyasi 2014-yilda jo‘natilgan edi.

© CargoxSxema transportnogo koridora "Sever-Yug"
Rossiya, Hindiston va Eron Sues kanaliga muqobil yo‘nalish ochadi - Sputnik O‘zbekiston
Sxema transportnogo koridora "Sever-Yug"
Yangiliklar lentasi
0