21:31 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Boyeviki gruppirovki Taliban. Arxivnoye foto

Tolibon vakillari Moskva muzokaralarida ishtirok etadi

© AFP 2018 / Noorullah Shirzada
Dunyoda
Havola olish
516 0 0

Rossiya, Afgʻonistonda tinchlik - faqat siyosiy yoʻl bilan hamda qoʻshni mamlakatlarning faol ishtirokida oʻrnatish mumkinligiga, ishonadi.

TOSHKENT, 4 noya – Sputnik. Moskvada 9 noyabr kuni Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga bagʻishlangan maslahatlashuv boʻlib oʻtadi, deb xabar qildi Rossiya TIV matbuot xizmati.

Muzokaralar tashqi ishlar vazirlari oʻrinbosarlari hamda maxsus vakillar darajasida boʻlib oʻtadi. Tegishli taklifnomalar barcha ishtirokchi mamlakatlar -  Afgʻoniston, Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmanistonu, Oʻzbekiston va AQShga yuborildi.

Afgʻoniston islom respublikasi prezidenti Ashraf Gʻani ushbu majlisga mamlakatning Tinchlik oliy kengashi delegatsiyasini yuborishga qaror qildi. Doxada joylashgan siyosiy ofisi vakili kelishi eʼlon qilindi.

Rossiya tomon Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish faqat siyosiy yoʻl bilan amalga oshirilishi mumkinligiga va ushbu ishda qoʻshni mamlakatlarning hamda hududiy hamkorlarning faol ishtiroki kerak boʻlishiga ishonadi.

Yakuni hujjat imzolash – majlis rejasida nazarda tutilmagan. Rossiya tomonidan majlisda tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etadi.

Asosiy mavzular