"Tolibon" Moskvada o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv ishtirokchilari ro‘yxatini e’lon qildi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishVid na Moskovskiy mejdunarodniy delovoy sentr "Moskva-Siti"
Vid na Moskovskiy mejdunarodniy delovoy sentr Moskva-Siti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, "Tolibon" ushbu uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha o‘z pozitsiyasiga oydinlik kiritishni rejalashtirmoqda va mavjud muammolarga tinch yechim topishga umid qilmoqda.

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. "Tolibon" harakati Afg‘oniston bo‘yicha moskva formatida 9-noyabr kuni o‘tkaziladigan uchrashuvda ishtirok etadigan delegatlari ro‘yxatini e’lon qildi, deyilgan harakat kommunikesida.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
"Tinchlik narxi qancha?": O‘zbekiston hukumatining yengilmas Tolibon  bilan muzokaralari

Xabarda aytilishicha, delegatsiya besh kishidan iborat, ular orasida Hoji Muhammad Abbos Stanikzay, Maulavi Salom Xanafi, Shayx-ul-Hadis Maulavi Shahabuddin Delavar, Maulavi Ziyo-ur-Rahmon Madaniy va Hoji Muhammad Soxeyl Shaxinlar bor.

"Toliban" RF rasmiy taklifiga binoan maslahatlashuvda ishtirok etmoqda.

Ta’kidlanishicha, "Tolibon" ushbu uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha o‘z pozitsiyasiga oydinlik kiritishni rejalashtirmoqda va mavjud muammolarga tinch yechim topishga umid qilmoqda. Bundan tashqari, toliblar, Qobul delegatsiyasi bilan har qanday turdagi muzokaralarni o‘tkazishni istamasligini ma’lum qilgan. Bu haqda toliblar vakili Zabiulla Mujohidning bayonotida aytilgan.

Ilgariroq, RF TIV maslahatlashuvga Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, shuningdek, AQSh vakillari taklif etilgani haqida bayonot e’lon qilgan edi.

Xalqaro darajadagi bu uchrashuvda ilk marotaba toliblar harakatining siyosiy ofisi delegatsiyasi ishtirok etadi.

Yopiq formatdagi uchrashuv Rossiya poytaxtidagi "Prezident-otel"da tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari va maxsus vakillar darajasida o‘tkaziladi. Uchrashuv yakuni bo‘yicha qandaydir hujjatlarning imzolanishi rejalashtirilmagan.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 9-noyabr kuni toliblar ishtirok etadigan Afg‘oniston bo‘yicha moskva formatidagi majlisda chiqish qiladi, deb xabar berdi payshanba kuni Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Yangiliklar lentasi
0