Germaniyada millatchi-harbiylar hukumatni egallab olmoqchi bo‘ldi

© AFP 2023 / CHRISTOF STACHEVoyennoslujashie FRG
Voyennoslujashie FRG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat to‘ntarishi uyushtirish maqsadida yashirin guruh a’zolari qurol-aslaha va yonilg‘i to‘plashgan.

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Germaniya harbiy kuchlarining elita bo‘linmalari safida xizmat qiluvchi bir necha harbiylar yashirin millatchi jamiyat tashkil qilib, hukumatni egallab olmoqchi bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda OAVlar.

Davlat to‘ntarishi uyushtirish maqsadida yashirin guruh a’zolari qurol-aslaha va yonilg‘i to‘plashgan. Belgilangan kunda ular o‘zlariga yoqmagan siyosatchilarni bir joyda jamlab ularni yo‘q qilishni rejalashtirishgan.

Suriyadagi ahvol. - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Suriyada harbiy to‘ntarish uyushtirishni rejalashtirgan

Ushbu siyosatchilarning to‘liq ro‘yxati ma’lum bo‘lmasada, ular orasida “Yashillar” partiyasi rahbari Klaudiya Rot, Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas va Germaniya sobiq prezidenti Yoaxim Gauk borligi xabar qilingan.

Undan tashqari, guruh a’zosi bo‘lgan Franko A. ismli bundesver askari o‘zi Germaniya fuqarosi bo‘lsada Migratsiya markazidan suriyalik qochqin hujjatini olgan. U kelajakda teraktlar amalga oshirib, ularni qochqinlarga to‘nkamoqchi bo‘lgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yashirin millatchi-harbiylarning barchasi xalqaro koalitsiya tarkibida 1996-yilda Afrika va Afg‘onistonda xizmat qilgan. Shuningdek, Germaniya razvedka xizmatida ularning sherigi bo‘lib, guruhni kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlab turgan.

Yangiliklar lentasi
0