Turkiya O‘zbekiston fuqarolari uchun 90 kunlik vizasiz tartib joriy etdi

Obuna bo‘lish
Turkiya O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Liviya fuqarolari uchun mamlakatda vizasiz qolish muddatini uzaytirdi.

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Kecha, 11-noyabr kuni Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on bir necha musulmon davlatlari uchun  Turkiyada vizasiz qolish muddatini uzaytiruvchi qarorga imzo chekdi.

Yangi tartibga ko‘ra O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada 6 oy ichida 90 kun vizasiz qolishlari mumkin. Avvalgi tartibga ko‘ra ushbu muddat 6 oy ichida 30 kunni tashkil etardi.

Yangi viza tartibi Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari uchun hamda  Liviyaning 12 yoshdan kichik va 65 yoshdan katta fuqarolari uchun ham amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda O‘zbekistonda ham Turkiya fuqarolari uchun kirish vizasi bekor qilingan edi. Bugungi kunda turkiyaliklar  O‘zbekistonda bir oygacha vizasiz bo‘lishlari mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0