O‘zbekiston delegatsiyasi Parijda Makron bilan uchrashdi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyPrezident Fransii Emmanuel Makron
Prezident Fransii Emmanuel Makron - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiya prezidenti O‘zbekiston bilan imzolangan shartnomalar tez orada amalga oshishiga ishonch bildirdi.

TOShKENT, 12 noya – Sputnik. Kecha 11-noyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tgan Birinchi Jahon urushi yakuniga bag‘ishlangan tantanalarda Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etgan edi.

Fransiya - O‘zbekiston munosabatlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Fransiya munosabatlari

Ushbu tadbir doirasida bo‘lib o‘tgan kechki ovqat marosimida Nig‘matilla Yo‘ldoshev Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan qisqa uchrashuv o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Suhbat davomida Fransiya rahbari Shavkat Mirziyoyevning 8-9 oktabrda Fransiyaga bshlgan tashrifi davomida iqtisodiy sohada erishilgan kelishuvlar yaqin orada to‘liq amalga oshishiga ishonch bildirgan.

“Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining taklifiga binoan, Emmanuel Makron yana bir bor O‘zbekistonga tashrif buyurishga tayyor ekanini bildirdi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 8-9 oktabr kunlari Fransiyaga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Tashrif davomida hukumatlararo va idoralararo 10 ta hujjat imzolangan edi.

Yangiliklar lentasi
0