Moskvada xaridor Iphone uchun bir vanna tanga ko‘tarib keldi

© InstagramKupili ayfon za meloch
Kupili ayfon za meloch - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tangalar 1,5-2 soat davomida sanab chiqilganidan, so‘ng vannada 100 ming rublga yaqin pul bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. Rossiyalik xaridor iPhone XS uchun bir vanna tanga to‘ladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Apple predstavila novie modeli iPhone - Sputnik O‘zbekiston
Yangi iPhone smartfonlari namoyish qilindi

Voqea Moskva markazida joylashgan "Yevropeyskiy" savdo markazida sodir bo‘lgan. re:Store do‘koni sotuvchisi Lyudmila Somushina aytishiga qaraganda olti nafar yosh yigitlar magazinga tanga pullar bilan to‘ldirilgan vannani ko‘tarib kelishgan. Tangalar 1,5-2 soat davomida sanab chiqilganidan, so‘ng vannada 100 ming rublga yaqin pul bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.

Xaridorlar xotirasi 256 gigabaytga teng iPhone XS smartfonini sotib olishgan va vanna tagida qolgan bir necha kilogram qaytim pul va vanna bilan do‘konni tark etishgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0