14:55 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Rabochaya poyezdka vitse-premyera D. Rogozina v Uzbekistan

Il-114-300 2023 yildan boshlab xaridorlarga yetkazib berila boshlaydi

© Sputnik / Sergey Mamontov
Dunyoda
Havola olish
653 0 0

Toʻliq Rossiya detallaridan ishlab chiqarilgan Il-114 2023 yildan boshlab xaridorlarga yetkazib berila boshlaydi.

TOSHKENT, 14 noya – Sputnik. Hududiy yoʻnalishlarga yoʻlovchi tashishga moʻljallangan Il-114 samolyoti 2023 yildan boshlab xaridorlarga yetkazib berila boshlaydi, deb xabar qildi “Il” ishlab chiqarish majmuasi vakili Ivan Kabatov, MyTashkent.uz sahifasi xabariga asosan.

Yangi samolyotlar toʻla-toʻkis Rossiyada ishlab chiqarilgan detallardan yigʻiladi va Rossiya dvigateli bilan jihozlanadi. Samolyotning turli, jumladan 62, 60, va 68 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan hamda katta yukxonaga ega boʻlgaya variatsiyalari boʻladi.

Ushbu samolyotning asosiy xususiyatlaridan biri – uning har qanday aerodromdan, hatto uchish-qoʻnish yoʻlagi tuproqdan boʻlgan (gruntovыy) aerodromlarda uchish va qoʻnish imkoniyatiga egaligidadir. Samolyot tezligi soatiga 500 kilometr, parvoz uzoqligi 4700 kilometrni tashkil qiladi. Yana bir xususiyati - samolyotdan eng issiq va eng sovuq hududlarda ham foydalanish mumkin. Umuman Il-114 juda universal mahalliy samolyotdir.

Eslatib oʻtamiz, Il-114 samolyoti Ittifoq davrida yaratilgan boʻlib, dastlab uni Toshkent aviatsiya zavodida ishlab chiqarish rejalashtirilgan edi. 1991 yilda TAPOiChda samolyotni ishlab chiqarish uchun barcha kerakli uskunalar oʻrnatilib, dastlabki sinov partiya samolyotlar ishlab chiqilgan edi. 1997 yilda samolyot ekspluatatsiya qilish huquqini beradigan MAK sertifikatini ham olgan edi.

Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi IL-114ning dastlabki xaridorlari sifatida IIV, FVV, Mudofaa vazirligi va FSB aytilmoqda.

Asosiy mavzular