Juda ta’sirli: Xitoyda vafodor it uch oydan beri halok bo‘lgan egasini o‘lim joyida kutmoqda

CC0 / pixabay / Sobaka. Illyustrativnoe foto
Sobaka. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu holat Xitoy shimolidagi Xux-Xoto shahrida sodir bo‘ldi.

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. Vafodor it uch oydan beri halok bo‘lgan egasini o‘lim joyida kutmoqda. Bu holat Xitoy shimolidagi Xux-Xoto shahrida sodir bo‘ldi. RIA Novosti xabariga asosan.

Xabarda aytilishicha, 21-avgust kuni ertalab avtomobil ayolni urib yuboradi.

“Yaqinda uch oy bo‘ladi, it shu joydan ketmayapti, qor yoki yomg‘ir farqi yo‘q. Juda ta’sirli”, - dedi mahalliy taksischilardan biri.

Odamlar kelishi bilan it qochib ketadi va keyinchalik esa yana shu joyga qaytadi.

Internetda e’lon qilingan foto va videolarda it yo‘l chetida o‘tirishini ko‘rish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0