AQSh ishtirokidagi urushlarda qancha odam halok bo‘lgani hisoblab chiqildi

© AFP 2023 / DAVID FURSTVoyennie SShA
Voyennie SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston, Iroq va Suriya va boshqa davlatlardagi harbiy to‘qnashuvlar oqibatida 10 million odam qochoqqa aylandi.

TOShKENT, 15 noya – Sputnik. AQSh ishtirokidagi urushlarda 480 ming insonlar halok bo‘ldi, ulardan 244 ming nafari mahalliy aholini tashkil qiladi. Bu haqda Braunovsk universitetida o‘tkazilgan tadqiqot muallifi Neta Krouford ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston, Iroq va Suriya va boshqa davlatlardagi harbiy to‘qnashuvlar oqibatida 10 million odam qochoqqa aylandi.

Shuningdek, Krouford hisobiga ko‘ra, Vashington 2001-yildan 2019-yil yakunigacha urushlarga 5,9 trillion dollar mablag‘ sarfladi.

Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert AQSh va Xitoy savdo urushining tahdidlari haqida o‘z fikrini aytdi

O‘z navbatida Pentagonda 2001-yil 11-sentabrdan va 2018 moliya yiligacha harbiy harakatlar uchun 1,7 trillion dollar sarflanishini ma’lum qilgandi.

Bu mablag‘ va harajatlar Iroq va Afg‘onistonda urush hamda qator mamlakatlarda harbiy operatsiyalarga ketmoqda.

Tadqiqotchining ta’kidlashicha, AQSh Mudofaa vazirligi urush harajatlarining faqat bir qismini o‘z ichiga oladi.

“Agar AQSh bunday harajatlarni davom ettirsa, hatto 2023-yilgacha barcha urushlar tugatilgan taqdirda harajatlar 6,7 trillion dollarni tashkil qiladi”, deb qo‘shimcha qildi Krouford.

Yangiliklar lentasi
0