Jeki Channing qizi dugonasi bilan turmush qurdi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishDjeki Chan
Djeki Chan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Juftlik nikohni Kanadada rasmiylashtirdi, shundan so‘ng Gonkongga yo‘l oldi

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Mashhur aktor va rejissor Jeki Channing qizi Etta U Jolin o‘zidan 11 yosh katta bo‘lgan kanadalik model Endi Otom bilan rasman bir jinsli nikohdan o‘tdi. Ikkala ayolning Instagram-akkauntlaridagi yozuvlar bundan dalolat bermoqda.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot *:・゚✧UCHU×2✧゚・:* (@uchux2)

"Gonkongga xotin va xotin tarzida qaytdik", — deb yozgan Otom o‘z postida.

Qoldirilgan postlarga ko‘ra, xonimlar Torontoda nikohdan o‘tib, so‘ngra bir jinsli nikohlar ta’qiqlangan Gonkongga qaytib ketishgan.

Joriy yil may oyida 19 yashar Etta U Jolin o‘zi va hamrohi ota-onalari ularning noan’anaviy jinsiy oriyentatsiyasini qabul qila olmaganligi tufayli bir oy ko‘prik ostida tunashga majbur bo‘lgani haqida aytib bergan edi.

Shuningdek, Etta o‘tgan yilning aprel oyida xuddi mana shu sabab qarindoshlari bilan bo‘lgan janjaldan so‘ng o‘z joniga qasd qilishga uringan.

Etta Jeki Chan va "Miss Osiyo - 1990" go‘zallik tanlovi g‘olibasi Eleyn Ngning qizi. Aktorning tayvanlik aktrisa Joan Lindan 35 yashar o‘g‘li bor.

Yangiliklar lentasi
0