Rossiya Kiyevni Azov dengizini harbiylashtirishda ayblamoqda

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishZaderjannie ukrainskie korabli dostavleni v port Kerchi
Zaderjannie ukrainskie korabli dostavleni v port Kerchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT Xavsizlik Kengashi Rossiya tomonidan ko‘tarilgan Kerch ko‘rfazidagi vaziyatni muhokama qilish masalasini bloklab qo‘ydi.

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Ukraina o‘z hatti-harakatlari bilan Azov dengizini harbiylashtirishga olib kelmoqda AQSh bo‘lsa ularni qo‘llab quvvatlamoqda, dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Dmitriy Polyanskiy, RIA Novosti xabariga asosan.

BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisi Azov dengizida Ukraina kemalarining Rossiya chegarachilar talabiga bo‘y sunmasdan chegarani buzib o‘tishi sababli Rossiya tashabbusi bilan chaqirilgan edi.

“Oxirgi bir necha oy davomida, Kiyev Vashington yordamida Azov dengizini tinimsiz harbiylashtirib bormoqda” – dedi Polyanskiy BMT Kengashida.

Rossiya harbiy kemalari qirg‘oqqa yaqin bo‘lgan hududda xavfli manyovrlar amlaga oshirgani uchun Rossiya chegarachilari ularni hibsga olishga majbur bo‘lishgan. Rossiya prezidentining matbuot kotibi ushbu vaziyatni  “xavfli provokatsiya” deb atadi.

Ukrainskie korabli, kotorie bili nakanune zaderjani rossiyskiim pogranichnikami - Sputnik O‘zbekiston
FXX Rossiya chegarasini buzgan Ukraina harbiy kemalarini namoyish qildi - video

Chegarada bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan Rossiyada jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Kiyev esa o‘zining agressiv munosabatini davom ettirdi. Ukraina prezidenti mamlakatda 2 oy muddatga “harbiy tartib” kiritish haqida buyruq imzoladi, Rada esa uni tasdiqladi.

Bir vaqtning o‘zida Ukraina hududida joylashgan Rossiya diplomatik vakolatxonalari konsulxonalari oldidan ukrain millatchilari tomonidan norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tmoqda. Kecha ular diplomatik nomerli avtomobilni yoqib yuborishgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Rossiya Azov dengizi muammosini BMT Xavfsizlik Kengashida ko‘rib chiqishni taklif qilgan edi, lekin kengashning boshqa a’zolari Rossiya tashabbusini qo‘llab-quvvatlamadi. 

Yangiliklar lentasi
0