07:05 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
75810

Erdoʻgʻon soʻzlariga koʻra, Turkiya tufayli IDning tormor etilishiga erishildi.

TOSHKENT, 27 noya – Sputnik. Turkiya yetakchisi Toyib Erdoʻgʻon “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi dunyoni qoʻrqitish maqsadida yaratilgan loyiha ekanligini maʼlum qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

“Faqat Turkiyani maydonga kelishi bilan “Islom davlati” – dunyoni qoʻrqitish maqsadida yaratilgan loyiha ekanligi maʼlum boʻldi. Biz bu uyushmani vayron qildik, oʻzini “ID” raqiblari deb aytganlar esa u bilan umuman hech qanday kurash olib borishmagan. Suriyada “ID” yoʻq, faqat kichik jinoiy guruhlar bor, ular “ID” niqobi ostida yashirinadi. Agar bir birlashsak, yaqin oylarda bu qoldiqlarni yoʻq qila olamiz”, - dedi Erdoʻgʻon partamentda yetakchi boʻlgan adolat va rivojlanish partiyasi oldida nutq soʻzlagan chogʻida.

Uning soʻzlariga koʻra, AQShning IDga qarshi kurashda qoʻllab-quvvatlagan Suriya kurdlari  mudofaa kuchlarining yagona maqsadi – bu Turkiya.

Suriyada jangovar mojaro 2011 yildan davom etib kelmoqda. 2017 yil yakunida ID ustidan gʻalaba qozonilganligi eʼlon qilingan. Suriyaning alohida tumanlarida jangarilaridan tozalash ishlari olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda birinchi navbatga vaziyatni siyosiy yoʻl bilan hal qilish, Suriyani tiklash, qochoqlarni qaytarish masalasi chiqmoqda.

Asosiy mavzular