07:47 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Moskovskiy mejdunarodnыy avtomobilnыy salon-2016. Den pyatыy. Foto s mesta sobыtiya

Rossiyada sotilgan Ravon avtomobillarida ommaviy nosozlik topildi

© Sputnik / Ilya Pitalev
Dunyoda
Havola olish
1438 0 0

“Ravon Motors Rus” Rossiyada sotilgan 5219ta Ravon avtomobillariga nisbatan ommaviy chaqiriq eʼlon qildi.

TOSHKENT, 4 dek – Sputnik. “Ravon Motors Rus” MCHJ Rossiyada sotilgan avtomobillarda aniqlangan nosozlikni bartaraf qilish uchun, koʻngilli ravishda, ommaviy chaqiriq kampaniyasi eʼlon qildi, Rosstandart xabariga asosan.    

Sabab – prujinali xomut kuchsizligi tufayli, rul boshqaruv tizimida oʻrnatilgan shlang metall trubkadan chiqib ketishi va gidravlika suyuqligi oqib ketish ehtimoli boriligi boʻlgan. 

Ushbu chaqiriq ostiga 2017 yilning may oyidan 2018 yilning mart oyiga qadar ishlab chiqarilgan 5219 dona  Ravon Nexia R3 avtomobillari toʻgʻri keladi. Rosstandart saytida ularning VIN kodlari ham keltirilgan.

Texnik xizmat stantsiyalarida ushbu nosozlik kompaniya tarafidan bepul bartaraf etiladi. Texnik koʻrik uchun kelishning iloji boʻlmaganda avtoulov egalari mustaqil ravishda ushbu nosozlikni bartaraf etishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusiga – mana shunday ommaviy chaqiriq kampaniyalari oʻtkazish rivojlangan mamlakatlarda mutlaq normal amaliyot ekanligini, bu ishlab chiqaruvchining javobgarlik burchi yuqori darajada ekanini koʻrsatuvchi belgi ekanligi haqida gapirgan edi.

Asosiy mavzular