TOSHKENT, 6 dek - Sputnik. Itlar uchun yangi moda Amerikaning Arizona shtatida paydo boʻldi. Amerikaliklar oʻzlarining uy hayvonlariga jayra ignalarini eslatuvchi libos kiydirishmoqda, deb xabar qiladi Pedestrian TV.
All hail the fantastic Coyote Vest! Gryphon wears his every time he's outside in our yard. pic.twitter.com/SIyB9cVVZL
— Jess Phoenix 🌋 (@jessphoenix2018) 4 dekabrya 2018 g.
Shu tariqa odamlar oʻz hayvonlarini yirtqichlardan himoya qilishmoqchi. AQSH gʻarbida burgut va koyotlarning (boʻri turi) itlarga hujum qilishi odatiy hol sanaladi.
Mahalliy aholi qiziqish bilan itlarning yangi libosdagi suratlari bilan oʻrtoqlashmoqdalar. Suratlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, bahs-munozaraga sabab boʻldi. Bu mavzuga atalgan hazil va memlar koʻpayib bormoqda.
Ushbu liboslarda hayvonlar kulguli boʻlib koʻrinadi, albatta. Ammo hayvon sohiblari oʻzlarini xotirjam his qilishadi.
There’s a coyote outside. You know what that means: coyote vest time! pic.twitter.com/Pj164giawL
— Amina Akhtar (@Drrramina) 3 dekabrya 2018 g.