06:43 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Rossiyskiye gornыe strelki unichtojili uslovnыx terroristov v gorax Tadjikistana

Rossiya harbiylari Tojikiston togʻlarida “jangarilar”ni yoʻq qildi

Press-slujba TSVO RF
Dunyoda
Havola olish
997 0 0

Mashgʻulotlar Tojikistondagi Lohur togʻ poligonida alpinistlik tayyorgarlik doirasi oʻtkazildi. Mazkur mashgʻulotda 500 nafar harbiy ishtirok etdi.

TOSHKENT, 11 dek — Sputnik. Rossiyaning 201-harbiy bazasi harbiy xizmatchilari Tojikistonda shartli jinoiy guruh hujumini bartaraf qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Mashqlar gʻoyasiga koʻra, shartli terrorchilarning qurol-yarogʻ va oʻq-dori omborlariga tayyorlanayotgan hujumi haqida maʼlumotlar olinadi. Harbiylar trevoga boʻyicha koʻtarilib, hujum kutilayotgan hududga tashlanadi.

“Motooʻqchilar uzoqdan jangarilarni qurshab oldi va maxsus operatsiya davomida ularni yoʻq qilishdi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Tojikistonda joylashgan 201-harbiy baza Rossiyaning mamlakat tashqarisida boʻlgan yirik harbiy bazasi hisoblanadi. 2012 yilda imzolangan shartnomaga koʻra ushbu baza Tojikiston hududida 2042 yilga qadar qolishi mumkin.

Asosiy mavzular