20:31 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Afganskiy boyevik

ID Afgʻoniston shimolida Rossiyaga qarshi targʻibot olib bormoqda

© Flickr / DVIDSHUB
Dunyoda
Havola olish
881 0 0

Islomiy davlat” Afgʻoniston shimoliy hududlarida oʻzbek, tojik va turkmanlar orasida Rossiyaga qarshi kuchli targʻibot olib bormoqda.

TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. “Islomiy davlat” Afgʻoniston shimolida aholi orasida faol ravishda Rossiyaga qarshi targʻibot olib bormoqda, deb xabar qilmoqda Afgʻonistonlik deputat Feysal Sami, RIA Novosti xabariga asosan.

ID jangarilari shunday yoʻl bilan mahalliy aholi vakillarinia oʻz saflariga qoʻshib olmoqchi.

“Islomiy davlat” vakillari Afgʻonistonning Markaziy Osiyoga chegaradosh boʻlgan hududlarida yashayotgan oʻzbek, tojik va turkmanlar orasida Rossiyaga qarshi kuchli targʻibot olib bormoqda. Ular shunday yoʻl bilalan yoshlarni oʻz saflariga jalb qilishni niyat qilgan", - dedi Sami.

Deputat fikriga koʻra, Afgʻonistondagi ID jangarilari, ayrim kuchli davlatlar tomnidan yashirin holda qoʻllab-quvvatlab turilganinini xabar qildi. Deputat fikriga koʻra, biroving yordamisiz dangarilar bu yerda joylashib ola olmasdilar.

Deputat aytishiga qaraganda, ID Afgʻoniston orqali Markaziy Osiyo hududiga kirib Rossiya manfaatlariga zarar keltirishni oʻziga maqsad qilib olgan.

Rossiya bir necha bor Afgʻoniston shimolida hech qanday belgilarga ega boʻlmagan vertoletlarda jangarilar va ularga qurol-yarogʻ olib kelinayotganiga eʼtibor qaratgan edi.

Asosiy mavzular