10:15 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Karavan migrantov iz Gondurasa v SSHA na doroge v gorode Chikimula v Gvatemale. 17 oktyabrya 2018

MDH aholisining 15 % boshqa mamlakatda yashashni orzu qiladi

© AFP 2018 / ORLANDO ESTRADA
Dunyoda
Havola olish
372 0 0

Ijtimoiy soʻrovda aniqlanishiga koʻra, MDH fuqarolari orasida har 7 kishidan bir kishi boshqa mamlakatda yashashni orzu qilar ekan.

TOSHKENT, 13 dek - Sputnik. MDH mamlakatlarida 15 % aholi boshqa mamlakatga koʻchib oʻtishni orzu qilar ekan. Bu AQShning  Gallup kompaniyasi oʻtkazgan soʻrovda maʼlum boʻldi.

MDH mamlakatlari aholisi eng norozi boʻlgan davlat – Armaniston ekan. Ushbu mamlakatning 47 % odamlari boshqa davlatga koʻchib oʻtishni orzu qilishar ekan. Ushbu koʻrsatgich boʻyicha Armaniston Suriya va Kosovodan ham oʻzib ketgan.

Manbaa xabariga koʻra, bugungi kunda butun dunyoda 750 million kishi boshqa mamlkatga koʻchib oʻtishga tayyor ekanini bildirgan.

MDH miqyosida migrantlar uchun eng jozibali mamlakat Rossiya deb tan olingan. Butun dunyodan 8 million kishi Rossiyaga koʻchib oʻtish istagi boriligini bildirgan.

Dunyoning eng jozibali mamlakatlari reytingida AQSH birinchi oʻrinni egallagan. Potentsial migrantlarning 21 %(158 mln)  AQShga koʻchib oʻtishni istagini bildirgan. Ikkinchi oʻrinda Kanada – 6%, Germaniya - 6 %, Frantsiya – 5% va boshqa mamlakatlar.

Asosiy mavzular