21:47 19 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04

Yapon erkaklari jinsiy aloqaga nega qiziqmay qoʻygan?

© Sputnik / Aleksei Malgavko
Dunyoda
Havola olish
482101

Yaponiyaning prezervativ ishlab chiqaruvchi Sagami kompaniyasi ham jamoatchilik oʻrtasida soʻrov oʻtkazdi. Ularni respondentlarning jinsiy aloqa bilan shugʻullanishlari masalasi qiziqtirardi. Aniq boʻlishicha, juftlik bu ish bilan bir oyda 2,8 marotaba shugʻullanar ekan

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik, Kseniya Melnikova. Yaponiyada tugʻilish darajasi keskin pasaymoqda, yosh yigitlar esa oila qurishga shoshilishmayapti. Agar karyerani barbod qilish oldidagi qoʻrquv Kunchiqar mamlakat ayollariga xos boʻlsa, erkaklar bilan bogʻliq vaziyat tamomila boshqacha. Ular, yaponlarning oʻzlari taʼkidlashayotgani kabi, "oʻtxoʻr" boʻlib qolishgan va jinsiy munosabatlardan oʻzlarini yiroq tutadilar. Yapon erkaklari oʻz kuchlarini nimaga sarflashlari haqida - RIA Novosti materialida oʻqing.

"Bir oʻzim tinchroq yashayman: xohlasam xolva, xohlasam pryanik yeyman"

"Odamlar shunga aminki, tugʻilish darajasi pastlab ketishi sababini yaponlarning seks bilan shugʻullanishni istamasliklaridan izlash kerak. Ular yolgʻizlikda ham baxtli. Axir boshqa qiziq narsalar koʻp-ku: telefonda oʻyin oʻynash, internetda roliklar koʻrish, animelarni tomosha qilish mumkin. Jinsiy aloqa, yaʼni seksga vaqt yetishmaydi", - deydi oʻzini Ioshiro deb tanishtirgan 25 yashar yapon yigiti. Unga oʻxshaganlarni mamlakatda "oʻtxoʻr erkaklar" deb chaqirish odat tusiga kirgan.

Oʻn yil avval Tokioga koʻchib kelgan moskvalik ayol Polinaning hikoya qilishicha, mamlakatda nafaqat uylanishni istamaydigan, hatto shunchaki tanishishni xohlamaydigan erkaklar koʻplab topiladi. "Ular bu narsaga erinchoqlik koʻzi bilan qaraydilar. Kamiga bu ularga qimmatga tushishi mumkin. Yolgʻiz yashash ularga ham oson, ham arzon va ruhiy holat jihatdan - tinch. Tanishlarim orasida oila qurgan, yoki ishqiy munosabatda boʻlganlar bor, lekin bu muammoga yechim degani emas. Bu haqda hatto televizor orqali gapirishadi. Hukumat yolgʻiz odamlar juda koʻpligi haqida bayonotlar qiladi", - deya oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashadi ayol.

Shu bilan birga, munosabatlarga qiziquvchi, biroq ayoldan birinchi qadamni kutadigan erkaklar ham  "oʻtxoʻrlar"  toifasiga kiritilar ekan. Ayrim sotsiologlar ularni "baliqni xush koʻruvchilar" yoki "kutuvchi-erkaklar" deb ataydilar. "Ular birinchi boʻlib suhbatga kirishishga qoʻrqadilar, yoki juda iymanadilar. Ularni ayollar yildan-yilga moliyaviy jihatdan mustaqil boʻlib borayotganlari qoʻrquvga soladi. Aytgancha, bu erkaklar restoranda alohida hisob qilishni soʻraydilar", - deya arz qiladi Polina.

Yapon OAVlari jamoatchilik fikrini oʻrganish uchun tez-tez soʻrov oʻtkazib turadi. Shunday soʻrovlarning biriga koʻra, mamlakatdagi 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan erkaklarning teng yarmidan koʻpi yolgʻiz ekan. 20 yoshdan yuqori boʻlgan erkaklarning 61%i, va 30 yoshdan oshgan erkaklarning yetmish foizi oʻzini "oʻtxoʻr"lar toifasiga kiritishlarini tan olganlar. Ularning aksariyati tinim bilmay ishlaydilar, ammo orasida "boʻydoq-parazitlar"i ham uchraydi.

Parazitlar kimlar?

Odatda, 20 yoshdan oshgan, ota-onasi bilan yashovchi va ular hisobiga betashvish hayot kechiradigan yoshlarni "parazit-boʻydoqlar" deyishadi. Ular toʻliqsiz stavkada ishlashlari yoki oʻz vaqtlarini birorta xobbi, koʻngilxushlik yoki shohona predmetlarga sarflashlari mumkin.

Yapon sotsiologlari "parazitlar" hatti-harakatlariga izoh berar ekanlar, buning sababini ular yapon iqtisodiy moʻʼjizasidan soʻng, mamlakat jadallik bilan taraqqiy etayotgan davrdan keyin dunyoga kelgani bilan bogʻlaydilar: oʻshanda mamlakatdagi ishsizlik darajasi 2 foizdan oshmagan, ish beruvchilardan takliflar esa tinimsiz yogʻilib turgan. Bu bolalar oʻz ota-onalari qanday mehnat qilishganlarini koʻrishgan, ammo ularning izidan borishni xohlashmagan.

Yaponlarda jasurlik hislatining yoʻqligini Ikkinchi jahon urushi oqibatlari bilan bogʻlashadi: oʻsha vaqtdan buyon mamlakat birorta harbiy mojaroda ishtirok etmagan. Erkaklarning askar boʻlishiga hojat yoʻq, ularda "machizm" va agressiya ham kam.

Hukumat "oʻtxoʻr" erkaklarni, xususan, "boʻydoq-parazitlar"ni mamlakatdagi koʻplab iqtisodiy va ijtimoiy muammolarda ayblaydi. Ammo odamlarning aksariyati,  "bu erkaklar saxiy va oliyjanob, ular boshqa inson qalbiga jarohat yetkazmaslik uchun romantik munosabatlarni xohlamaydilar", deya bundaylarni himoya qiladilar. 

Bor kuchini ishga sarflayotgan yaponlar esa jinsiy aloqaga qiziqishni yoʻqotmoqda, lekin animelar qahramonlari oʻrtasidagi ishqiy munosabatlarni bajonidil kuzatib boradilar. Bu fenomenga bir necha yil oldin "tselibat sindromi" deya nom berilgan. Bir necha yil oldin Yaponiya oilani rejalashtirish uyushmasi 16 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan qizlar "jinsiy aloqalarga qiziqmasligi va hatto jinsiy hayotga ijirgʻanib qarashlari" haqida sensatsion xabarni eʼlon qilgan edi.

Yaponiyaning prezervativ ishlab chiqaruvchi Sagami kompaniyasi ham odamlar oʻrtasida soʻrov oʻtkazdi. Kompaniyani respondentlar jinsiy aloqa bilan qanchalik tez-tez shugʻullanishlari masalasi qiziqtirardi. Aniq boʻlishicha, juftlik bu ish bir oyda 2,8 marotaba shugʻullanar ekan.

Prezervativ ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, yaponlar jinsiy aloqa bilan yilda 45 marta shugʻullanadilar va dunyo reytingida oxirgi qatorni egallaydilar.

Yaponlardan bir pogʻona yuqorida turadigan singapurliklar bu ishni ancha koʻp - 73 marta, greklar esa - 93 marta amalga oshiradilar.

Sotsiologlar shunga aminki, yapon erkaklarining "oʻtxoʻr" boʻlishiga - mansab pillapoyasidan muvaffaqiyatli ildamlab borayotgan yapon ayollari sababchidir. Bunday ayollar munosabatlardan manfaatdor emas, chunki deganda oila qurishga shoshilmaydilar.

Agar ilgari yaponlarda oila qurish uchun ideal yosh - 25 yosh deb hisoblangan boʻlsa, hozirda bu koʻrsatkich 30ga yaqinlashgan va u yana oshishda davom etmoqda.

Bu tendentsiyalar mamlakatdagi demografik holatga oʻz salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda. Yaponiya aholisi eng qari mamlakatlar orasida yetakchi hisoblanadi: farzand tugʻilishi borgan sari kamaymoqda, pensionerlar soni esa koʻpayib bormoqda. Kelajakda muammo yanada ziddiy tus olishi v bu holat iqtisodiy kollapsga olib kelishi mumkin.

Demograflar hisob-kitobiga koʻra, XXI asr oʻrtasiga kelib, yaponlar soni 30%ga qisqaradi, va bu masala tabiiyki davlatni tashvishga solib keladi. Choralardan biri sifatida Yaponiya hukumati firmalarga chet ellardan 345 ming nafar xodimlarni qabul qilishni taklif etgan. Orolliklarning gastarbayterlarga boʻlgan "muhabbati"ni hisobga olgan holda, Bosh vazir Sindzo Abega bu qarorni qabul qilish oson boʻlmagan, deya aytish mumkin. Ammo uning boshqa chorasi ham yoʻq. Qolaversa, Abening oʻzi ham yaponlarga yaxshi oʻrnak koʻrsatishga qodir emas - 64 yashar bosh vazirning farzandi yoʻq, u bor kuchini ishga sarflaydi.

Asosiy mavzular