11:51 17 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Prezident Turkmenistana prinyal uchastiye v torjestve, posvyaщyonnom nastupayuщemu Novomu godu

Turkmaniston prezidenti uch tilda qoʻshiq kuyladi

© Gosudarstvennoye informatsionnoye agentstvo Turkmenistana
Dunyoda
Havola olish
57210

Turkmaniston prezidenti qoʻshiqni ingliz, nemis va turkman tillarida ijro etdi.

TOSHKENT, 23 dek – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yangi yil oldidan uyushtirilgan banketda oʻzi tomonidan yozilgan qoʻshiqni ijro etdi, deb xabar qildi Turkmaniston davlat axborot agentligi.

Xabarda aytilishicha, bayram tadbiri “Mizan” markazida oʻtkazildi.

Tadbirda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasining raisi oʻrinbosarlari, Majlis rahbarlari, harbiy va huquq tartibot organ xodimlari, vazirlik, idoralari va jamoatchilik tashkilotlari rahbarlari, Turmanistondagi diplomatik vakolatxonalari vakillari hamda madaniyat, sanʼat ustalari ishtirok etishdi.   

Turkmaniston prezidenti qoʻshiqni ingliz, nemis va turkman tillarida ijro etdi, shuningdek, royalda musiqasini chaldi.

Yangi qoʻshiqning nomi “Arzuw”, qoʻshiqning soʻzlari prezident Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan yozilgan.

Asosiy mavzular