Ostonada juda ochiq libos kiygan deputat kaltaklandi - foto

CC0 / pixabay / Devushka. Illyustrativnoe foto
Devushka. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dekabr boshida Dinagul Tasova ko‘krak qismi juda ochiq bo‘lgan libosda podiumga chiqqandi. Uning suratlari ijtimoiy tarmog‘ida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Shu yil dekabr oyi boshida Fashion Night Astana tadbirida juda ochiq libosda paydo bo‘lgan Ostona yoshlar maslahatining VII chaqiriq deputati Dinagul Tasova kaltaklanganligini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

“Namoyish haqidagi xabardan so‘ng, men keskin tanqidga uchradim. Kimdir meni ahloqim pastligi haqida gapirgan bo‘lsa, kimdir ochiqdan-ochiq tahqirladi. Shungacha bordiki, Instagramda mening akkauntimni o‘chirishdi”, - deb yozdi Dinagul internetda.  

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Fotograf Astana/Karaganda (@by.alina.p)

Uning so‘zlariga ko‘ra, u podiumga chiqqanda uni hamma olqishladi. Model oldin ham ochiq libosda chiqqanligi va bu uning ishi ekanligini ta’kidladi.

“Buning uchun ayolni urish va tahqirlash mumkinmi? Yo‘q. Hech kimga. Endi postdagi bu suratga qarang. Suratlarda “qo‘llab-quvvatlash” natijasi, menga “yaqin inson" ishi deb ko‘rindi. Men unga minnatdorlik bildirmoqchiman – u meni o‘zimda jiddiy muammoni sezishga majbur qildi!”, - deb yozgan u.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Dinagul Tasova (@dinagul.tasova)

Dekabr oyi boshida Dinagul Tasova Dana Dyusembayeva moda uyining juda ochiq bo‘lgan libosda podiumga chiqqandi. Uning suratlari internet tarmog‘ida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Ko‘pchilik modelyerning g‘oyasini salbiy baholab, bu libos – deputat uchun sharmanlik va uyat ekanligini ta’kidlashdi.  

Dinagul Tasova Armeniyada “MDH-2018 top model” tanlovida ishtirok etgandan so‘ng mashhur bo‘ldi. Bosh tanlov toji uchun MDH va Yevropa 16 ta davlatlaridan 30 ta qiz bellashadi. Qozog‘istonlik ishtirokchi tanlovdan tojsiz qaytdi, u faqat “Mediamodel” unvonini oldi.

Yangiliklar lentasi
0