23:56 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Suriyada ikki nafar oʻzbekistonlik jangari asirga olindi

© Sputnik / Mikhail Voskresenskiy
Dunyoda
Havola olish
541 0 0

Suriya demokratik kuchlari Xojin aholi punkti yaqinida 8 nafar xorijiy fuqarolarni hibsga oldi.

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Suriya demokratik kuchlari 8 nafar xorijiy jangarilarni hibsga oldi. Ular orasida 2 nafar Oʻzbekiston fuqarosi ham bor, deb xabar qilmoqda “Novosti Uzbekistana” nashri.

Suriya demokratik kuchlari 6-7 yanvar kunlari Xojin aholi punkti yaqinida oʻtkazilgan maxsus operatsiya natijasida 8 nafar xorijiy fuqarolarni hibsga oldi.

Siriyskiye demokraticheskiye silы vzyali v plen 8 boyevikov
Suriyada 8 nafar jangari asirga olindi

Ular orasida Tojikiston fuqarosi - Muxammad Daulat (Abu Moshab Tadjiki, 22 yosh), grajdanin, Qozogʻiston fuqarosi Sattibek Oshibayev (Abu Rukayya, 30 yosh), Rossiya fuqarosi - Begdjan Bimurayev (Abu Sara, 30 yosh), Ukraina fuqarosi - Askarom Zarmanbetov (Abu Davud Nogay, 27 yosh), AQSH fuqarosi - Noy Su (Abu Suleyman Amriki, 16 yosh), Germaniya fuqarosi – Lukas Glass (Abu Ibragim Almani, 31 yosh) hamda ikki nafar Oʻzbekiston fuqarolari - Odil Raximov (Abu Amina Uzbeki, 58 yosh) va Farxod Qodirov (Abu Bilal Uzbeki, 28 yosh). 

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Suriya va Turkiya qoʻshnlari tomonidan siquvga olingan ISHID jangari guruhlari uchun Suriya hududida juda kam joy qolgan. Ularning koʻpchilligi boshqa mamlakatlarga qochib ketishga harakat qilmoqda. Aksariyat hollarda – boshliqlari tashlab ketgan va tashqi taʼminotsiz qolgan jangarilar qurollarini topshirib asirga tushmoqda.

Asosiy mavzular