00:43 24 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Besporyadki v amerikanskom gorode Baltimore

Tojikistonda fuqaro xotinini rashk qilib, bozorni yoqib yubordi

© Sputnik / Keytlin Ouks
Dunyoda
Havola olish
471 0 0

Yongʻin oqibatida uchta doʻkon butunlay yonib ketdi. Doʻkon egalariga yetkazilgan zarar 50 ming somoniga (5300 dollar) baholanmoqda.

TOSHKENT, 10 yanv - Sputnik. Tojikistonda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari Panj tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni qoʻlga olishdi. U mahalliy markaziy bozordagi doʻkonlarga oʻt qoʻyib yuborganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Hodisa 2 yanvarga oʻtar kechasi sodir boʻlgan. Oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida militsiya xodimlari tomonidan 40 yoshli Azimjon Rajabov hibsga olingan. Uning soʻzlariga koʻra, turmush oʻrtogʻini rashk qilgani tufayli mazkur jinoyatga qoʻl urgan.

“Men uyda lattani moyda hoʻlladim. Keyin doʻkonga oʻt qoʻyish uchun bozorga keldim. Birinchi urinishim muvaffaqiyatsiz kechdi. Men qaytib ketdim. Ozgina aroq ichib, doʻkonga oʻt qoʻyish uchun bozorga qaytib keldim. Buning hammasini rashk tufayli qildim”, - deydi jinoyatchi.

Ayol bozor hududida joylashgan doʻkonlarning birida sotuvchi boʻlib ishlagan. Gumonlanuvchi aynan shu savdo nuqtasiga oʻt qoʻyishni rejalashtirgan. Yongʻin oqibatida uchta doʻkon butunlay yonib ketgan. Doʻkon egalariga yetkazilgan zarar 50 ming somoniga (5300 dollar) baholanmoqda.

Rajabovga nisbatan mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Asosiy mavzular