02:42 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Messendjer Telegram na ekrane telefona

Pavel Durov Telegram kompaniyasini tugatishga qaror qildi

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Dunyoda
Havola olish
330 0 0

Ushbu qaror sabablari maʼlum qilinmagan. Lekin mutaxassislarning fikricha, kompaniyaning tugatilishi Durov biznesi tuzilmasining oʻzgartirilishi mumkinligi va boʻlib oʻtadigan Brexit bilan bogʻliq.

TOSHKENT, 11 yanv - Sputnik. Telegram messenjerini ishlab chiqqan Pavel Durov Telegram Messenger LLP kompaniyasini tugatishga qaror qildi va bu haqda ariza topshirdi.

Mazkur ariza Buyuk Britaniya yuridik shaxslari reyestrida eʼlon qilingan.

Durov arizani 2018 yil 19 dekabr kuni imzolangan, reyestr saytida esa 2019 yil 4 yanvarda paydo boʻldi.

Faqat messenjer roʻyxatga olingan yuridik tuzilmalardan biri tugatilishi mumkin. Bu qaror Telegram’ning bloklanishiga taʼsir qilmasligi kerak.

Ushbu qaror sabablari maʼlum qilinmagan. Lekin mutaxassislarning fikricha, kompaniyaning tugatilishi Durov biznesi tuzilmasining oʻzgartirilishi mumkinligi va boʻlib oʻtadigan Brexit bilan bogʻliq.

Eslatib oʻtamiz, 16 aprel kuni Roskomnadzor  FXXga shifrlash kalitlarini bermagan  Telegram messenjerini Rossiya hududida bloklab qoʻyishni talaba qilgan edi. Roskomnadzor fikriga koʻra ushbu messenjer Rossiya davlati va fuqarolari manfaatiga zarar keltiradi. Messenjer orqali ekstremistik mavzudagi xabarlar tarqatilishi va terrorchilar ham oʻz faoliyatida foydalanishlari mumkin.

Telegram asoschisi Pavel Durov esa shifrlash kalitlari doimo oʻzgarib turishi tufayli uni hukumatga taqdim etishning iloji yoʻq degan edi. 

Asosiy mavzular