23:26 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Parijda yuz bergan portlash oqibatida 4 kishi halok boʻldi, 50 ga yaqin kishi jarohatlandi

© Foto: reuters
Dunyoda
Havola olish
390 0 0

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, novvoyxonada portlash gaz sizib chiqishi sababli boʻlishi mumkin. Halok boʻlganlarning orasida ikki nafar yongʻin oʻchirish xizmati xodimlari.

TOSHKENT, 12 yanv  — Sputnik. Parij markaziy koʻchasida novvoyxonada sodir boʻlgan portlash oqibatida 4 kishi halok boʻldi va 50 ga yaqin kishi jarohatlandi.

Portlash bugun mahalliy vaqt soat 9-00 da Parijning Treviz koʻchasida sodir boʻldi. Portlashdan soʻng binoga yongʻin tushdi. Qoʻshni uylarda oynalar sinib ketdi.

Ispaniya TIV maʼlumotiga koʻra, bir nafar ispaniyalik ayol halok boʻldi.

“Afsuski, jabrlangan Ispaniya fuqarosi halok boʻldi”, - deb tasdiqladi Ispaniya TIVdagi manbaa. Bundan avval, bu ayol ogʻir jarohat olganligi haqida xabar berilgandi.

Bundan tashqari, yana bir ispaniyalik jabrlangan, uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Frantsiya Ichki ishlar vaziri Kristof Kastanerning maʼlumotlariga asoslangan holda BFMTV kanali xabar qilishicha, halok boʻlganlar ichida ikki nafar yongʻin oʻchirish xodimlari bor. 

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, portlash maishiy gaz sizib chiqishi sababli boʻlishi mumkin.

Asosiy mavzular