06:59 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
382 0 0

SalamWeb nomli yangi brauzer “harom” saytlardan himoyalash, namoz vaqti haqida ogohlantirish hamda qibla tomonni koʻrsatish funktsiyalariga ega.

TOSHKENT, 30 yanv – Sputnik. Malayziyaning Salam Web Technologies nomli startapi dunyoda birinchi musulmonlar brauzerini yaratdi, deb yozmoqda Bloomberg.

SalamWeb nomli yangi internet brauzer pornografik, zararli yoki haqoratli mazmunli, qimor oʻyinlari taklif qilayotgan, alkogol mahsulotlari reklamasi bor saytlarni aniqlab, ular haqida foydalanuvchini ogohlantiradi va saytni tark etishni yoki ishlashda davom etishni taklif qiladi.  

Brauzer tarkibiga, shuningdek, musulmonlar uchun yangiliklarga obuna boʻlish, namoz vaqti haqida ogohlantirish va “Qibla” tomonni tanlash uchun kompas funktsiyalari kiritilgan.

"Biz internetni yanada yaxshiroq qilmoqchimiz. Biz u yerda ham yaxshi ham yomon narsalar borlishigini bilamiz, shuning uchun ham SalamWeb brauzerini yaratdik. U sizga Internetda faqat yaxshi narsalarni koʻrish imkonini beradi", - deydi Zarina Xasni - kompaniya direktori. 

SalamWeb Technologies yaratuvchilari ushbu brauzer nafaqat musulmonlarga balkim boshqa din vakillariga ham manzur boʻlishiga ishonchlari komil, chunki ushbu qadriyatlar barcha insonlar uchun muhimdir.

“Halol” brauzer Windows, Mac, iOS, Android kabi barcha kompyuter va mobil platformalarda ishlashi mumkin.

Asosiy mavzular