11:55 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Podgotovka k otkrыtiyu Rogunskoy GES v Tadjikistane

Rogʻun stantsiyasi qancha elektr energiya ishlab chiqarganligi maʼlum boʻldi

Sputnik / Amir Isaev
Dunyoda
Havola olish
46111

Rogʻun GES bir yarim oy ish faoliyati davomida 100 million kVt.s elektr energiya ishlab chiqardi.

TOSHKENT, 1 fev – Sputnik. Tojikiston Rogʻun GESsining birinchi gidroagregati bir yarim oy ish faoliyati davomida 2018 yilga nisbatan uch baravar koʻp elektr energiya ishlab chiqardi. Bu haqda Tojikiston telegraf agentligi xabar qildi.

“Tojikistonda 286 ta kichik GESlar ishlamoqda, ularning umumiy quvvati 26,7 MVt. Bu stantsiyalar bilan oʻtgan yili 33 million kVt.s elektr energiya ishlab chiqarilgan”, - deb maʼlum qildi Tojikiston Energetika va suv resurslari vazirligi.

Oʻtgan yil 16 noyabrda ishga tushirilgan Rogʻun GESsi 2019 yil 1 yanvargacha 90,3 million kVt.s elektr energiya ishlab chiqardi.

Energovazirligi maʼlumotiga koʻra, oʻtgan yili Tojikistonda respublika tarixida rekord darajada elektr energiya ishlab chiqarildi: 19,7 milliard kVt.s.

Eslatib oʻtamiz, 16 noyabr kuni Tojikistonda Rogʻun GESining birinchi agregatining tantanali ochilishi marosimi oʻtkazildi.

Ushbu tadbirga xalqaro tashkilotlar va xorijiy diplomatik vakolatxonalari vakillari, Oʻzbekiston, Rossiya, Qirgʻiziston, Afgʻoniston, Italiya delegatsiyalari, mahalliy va xorijiy OAVlar kelishdi.

Asosiy mavzular