Maduro Trampga keskin javob qaytardi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident Venesueli N. Maduro vistupil pered Verxovnim sudom
Prezident Venesueli N. Maduro vistupil pered Verxovnim sudom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maduroning fikricha, AQShning shunga o‘xshash harakatlarining asosiy sabablari – bu mamlakatning tabiiy boyliklari, jumladan, neft.

TOShKENT, 5 fev - Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh rahbari Donald Trampning mamlakatga qo‘shin kiritishga tayyorligini “aqldan ozish” deb hisoblaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Prezident Venesueli Nikolas Maduro - Sputnik O‘zbekiston
Nikolas Maduro: “Tramp meni o‘ldirish haqida buyruq bergan”

“XXI asrda urush haqida gapirish – bu aqldan ozishlik”. Siz o‘zini himoya qiladigan yerga qo‘shin yuborish mumkin, deb o‘ylashingiz - bu aqldan ozishlik, janob Donald Tramp”, - deya javob qaytardi Maduro.

Avvalroq AQSh prezidenti CBS telekanaliga bergan interyusida Venesuelaga harbiy qo‘shin yuborishni “variatlardan biri” sifatida ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgandi.

Maduroning fikricha, AQShning shunga o‘xshash harakatlarining asosiy sabablari – bu mamlakatning tabiiy boyliklari, jumladan, neft.

Yangiliklar lentasi
0