Parijda yirik yong‘in: piyanista ayol o‘t qo‘yib yuborgan bo‘lishi mumkin – video

© Foto: afpPojar v vosmietajnom jilom dome na ulitse Erlanje v Parije
Pojar v vosmietajnom jilom dome na ulitse Erlanje v Parije - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari yong‘in sodir etganlikda gumonlab, shu binoda yashashgan 40 yoshli ayolni qo‘lga olishdi.

TOShKENT, 5 fev - Sputnik. Parijda turarjoy binosida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi.

France Info nashrining ma’lum qilishicha, jami 36 kishi, jumladan, 6 nafar o‘t o‘chiruvchilar jarohatlangan. Qolgan jabrlanuvchilar esa jonini qutqarmoqchi bo‘lib, o‘zini derazadan tashlaganlar. Halok bo‘lganlar orasida kichik yoshdagi bola borligi aytilmoqda.

Erlanj ko‘chasidagi 8 qavatli turarjoyda 4-fevraldan 5-fevralga o‘tar kechasi yong‘in kelib chiqqan. Aytish joizki, mazkur turarjoy Bulon o‘rmoni yaqinida joylashgan va Parijning obro‘li joylaridan hisoblanadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari yong‘in sodir etganlikda gumonlab, shu binoda yashagan 40 yoshli ayolni qo‘lga olishdi. Ta’kidlanishicha, ayol ruhiy kasallikdan aziyat chekadi va qo‘lga olingan vaqtda mast holatida bo‘lgan.

VVS xabariga ko‘ra, qo‘shnilardan biri bir kun oldin qo‘lga olingan ayol musiqani baland qo‘yib eshitgani va o‘t o‘chiruvchi bo‘lib ishlaydigan qo‘shnisi unga tanbeh berganini ma’lum qilgan. Janjal chog‘ida ayol go‘yoki shunday degan: “Modomiki sen o‘t o‘chiruvchi ekansan, unda men uyga o‘t qo‘yib yuboraman”

Hozirda hodisaning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0