Limuzin – samolyot barchani hayratda qoldirmoqda

Obuna bo‘lish
Qanotlari olib tashlangan samolyot asosida 12 metrli superlimuzin yaratildi.

Amerikaning Minnesota shatatida joylashgan Jetsetter kompaniyasi biznes klass samolyotidan limuzin yaratdi.

Yangi limuzin Learjet – bizns samolyoti asosida yaratilgan. Uning uzunligi 12,8 metr, eni 2,4 metr va balandligi 3,5 metrni tashkil qiladi. Qanotlari olib tashlangan o‘rniga esa avtomobil  dvigateli va yurish qismi hamda 28 dumli g‘ildiraklar o‘rnatilgan. Limo Jet deb nomlangan yangi limuzin og‘irligi 5,5 tonna, narxi esa 5 million $ deb belgilangan.

Uning eshigi bitta va u samolyotdagi kabi yarmi pastga yarmi tepaga ochiladi. O‘t oldirish va boshqarish  - yengil avtomobil kabi. Yaratuvchi aytishiga qaragandan uning tezligi 160 km/soatga yetishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0