06:36 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
224 0 0

20 yil davomida munosabatlari yomon boʻlgan ota oʻz oʻgʻlidan kechirim soʻradi.

TOSHKENT, 6 fev – Sputnik. Rossiyalik reper Kirill Tolmatskiyning (Detsl) otasi, mashhur prodyuser Aleksandr Tolmatskiy oʻgʻlining vafotidan keyin undan kechirim soʻradi. Bu haqida oʻzining Facebookdagi sahifasida yozgan.

“Biz sen bilan gaplasha olmadik...  Oldin men vafot etsam, sen dafn marosimimga kelmaysan deb qoʻrqardim... Hayot shunday qildi-ki, endi men seni koʻmayapman... Meni kechir, balkim men haqiatdan ham yomon ota boʻlganman??? Lekin senga boʻlgan muhabbatim cheksiz. Bolalar - bu ota-onaning ushalgan orzusidir. Men sen bilan faxrlanaman!!! Meni kechir... Yuragim muhabbat va ogʻriqdan yorilib ketay deyapti...” – deb yozgan mashhur reperning otasi.

Shunisi maʼlumki, Detsl oʻz karyerasini otasi koʻmagida muvaffaqiyatli boshlagan. Lekin keyinchalik u oʻzi tanlagan yoʻnalishda mustaqil rivojlanishni istagan. Ushbu tufayli Detsl va otasi orasida kuchli nizo kelib chiqqan. OAV xabariga koʻra soʻnggi 20 yil davomida ular bir-biri bilan muloqot qilmagan.

Eslatib oʻtamiz, Detsl 3 fevral kuni Ijevsk shahrida kontsertdan soʻng yurak xuruji tufayli vafot etgan edi. Detsl 36 yoshda edi. Uning oilasi va 14 yoshli oʻgʻli bor.   

Asosiy mavzular