AQSh Suriyadan g‘oliblardek chiqib ketmoqchi – ekspert

© Sputnik / Mediabankka o‘tishAmerikanskaya voyennaya texnika
Amerikanskaya voyennaya texnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh chiqib ketganidan so‘ng oldin ular bilan hamkorlik qilgan hududiy kuchlar o‘zlariga yangi ittifoqchilar qidirishni boshlaydi.

TOShKENT, 7 fev - Sputnik. AQSh Suriyadan xuddi “g‘oliblerdek”  chiqib ketmoqchi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya FAning Ilmiy-siyosiy izlanishlar markazi direktori Vldimir Batukka asosan.

Prezidentlik davrining boshida Donald Tramp “Islomiy davlat” terrorchilarini “so‘nggi odami qolgunicha” yo‘q qilishni va’da bergan edi. Kelgusi haftada esa ular ID oldin egallab olgan hududlarning 100 % ozod qilinganini e’lon qilmoqchi.

“Aslida bu qo‘shnlarni olib chiqib ketish uchun bir bahona. Tramp Amerika Suriyadan “g‘oliblardek” chiqib ketayotganini namoyish qilmoqchi xolos. Aslida esa Yaqin Sharqda bu AQSh pozitsiyasining kuchsizlanishidan darak beradi”, - dedi Batuk.

Batuk aytishiga qaraganda, Suriya va Iroq g‘arbida vaziyat haligacha murakkabligicha qolmoqda. Bu yerda nafaqat IShID balkim boshqa guruhlar ham faolliyat yuritmoqda. Undan tashqari kuchli etnik mojarolar ham bor.

SPUTNIK_Protesti v SShA protiv udarov po Sirii - Sputnik O‘zbekiston
AQShda Suriya bombardimon qilinishiga qarshi namoyishlar o‘tkazildi

Mutaxassis fikriga ko‘ra, AQSh chiqib ketganidan so‘ng oldin ular bilan hamkorlik qilgan hududiy kuchlar o‘zlariga yangi ittifoqchilar qidirishni boshlaydi. Bu nafaqat Suriyada, balkim butun Yaqin sharq hududida kuchlar muvozanatini o‘zgartiradi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriya hukumati roziligisiz 2014-yildan buyon ushbu mamlakat hududida “Islomiy davlat” terrorchilariga qarshi operatsiya o‘tkazmoqda. O‘tgan yilning dekabr oyida AQSh prezidenti Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqib ketishini e’lon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0