11:10 25 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.78
  • EUR9493.15
  • USD8441.36
Frants Klintsevich

Senator Klintsevich: ogoh boʻling AQSH Markaziy Osiyoga "hujum" qilmoqchi

Sputnik / Vladimir Trefilov
Dunyoda
Havola olish
2353 0 0

Ushbu hujumlar aslida Rossiyaga qaratilgan boʻlsada, birinchi navbatda ular bilan Markaziy Osiyo hududi duch keladi.

TOSHKENT, 7 fev - Sputnik. Men Rossiyadagi Afgʻoniston urushi veteranlari ittifoqi raisiman. Ushbu lavozimda 25 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqdaman, - deydi rossiyalik senator Frants Klintsevich.

Oʻtgan davr mobaynida Oʻzbekiston ilk bor MDH doirasida Afgʻoniston veteranlari uyushmalariga bagʻishlangan tadbir oʻtkazdi. Undan MDHning 9 mamlakati vakillari ishtirok etdi va Oʻzbekiston prezidenti ham bunga shaxsan oʻz hissasini qoʻshdi.

Boʻlib oʻtgan tadbir doirasida men barchani ogohlantirdim: Yaqin vaqt ichida Markaziy Osiyo hududi AQSH tomonidan tayyorlangan turli xil hujumlarga duch keladi. Ushbu hujumlar aslida Rossiyaga qaratilgan boʻlsada, birinchi navbatda ular bilan Markaziy Osiyo hududi duch keladi.

AQSH taktikasi juda puxta oʻylangan. Ular turli yoʻllar bilan Rossiya yoki Markaziy Osiyo davlatlari ichida ijtimoiy, iqtisodiy muammolar yaratishga urinmoqda. MDHning bir mamlakatida paydo boʻlgan muammo, albatta, boshqa mamlakatga ham taʼsir qiladi. Axir biz shuncha vaqt birga boʻlganmiz, koʻplab ijtimoiy iqtisodiy aloqalar saqlanib qolgan.  Jamiyatda biror muammo paydo boʻlganidan soʻng esa – u yerda  turli buzgʻunchi jarayonlar tashkil qilishga imkon paydo boʻladi, - dedi Klintsevich.

Asosiy mavzular