11:18 25 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.78
  • EUR9493.15
  • USD8441.36
Jenщinы beseduyut na rыnke

Olimlar gʻiybat qilishning foydasini isbotlashdi

AP Photo / Umida Akhmedova
Dunyoda
Havola olish
1718 0 0

Anonim soʻrovlarda odamlar boshqalarni orqasidan “muhokama” qilishni yaxshi koʻrishlarini tan olishdi.

TOSHKENT, 8 fev – Sputnik. Sotsiologlar kundalik suhbatimizning kamida uchdan bir qismi mish-mish va ovozalardan iboratligini maʼlum qilishdi. Anonim soʻrovlarda odamlar boshqalarni orqasidan “muhokama” qilishni yaxshi koʻrishlarini tan olishdi. Ayollarni koʻpincha kundalik hayot va atrofdagilar tashqi qiyofasi, erkaklarni esa karyera va ish haqi qiziqtiradi. Oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, gap-soʻzlarga moyillik qadimda ajdodlarimiz oʻrtasidagi tabiiy saralashga oʻz taʼsirini koʻrsatgan, bugungi kunda esa ijtimoiy aloqalar oʻrnatish imkonini beradi. RIA Novosti xabariga asosan.

Italiya olimlari boshqa kishilarni muhokama qilish organizmdagi ishonch gormoni – oksitotsin oshirishini aniqlashdi. Ular oʻtkazgan tadqiqotga koʻra, ikkita yaxshi tanish boʻlgan dugona oʻzaro uchinchi dugonalarining homilador boʻlib qolgan boʻlishi mumkinligini haqida gʻiybat qilishadi. Tadqiqot soʻnggida ularning tupuk namunalari olinadi va ulardan anketa toʻldirishlari soʻraladi.

Tupuk tahlillari mish-mishlarni muhokama qilish kuchli oksitotsinni keltirib chiqarganini koʻrsatdi. Tadqiqotda ishtirok etgan har ikkala qiz organizmidagi ishonch gormonining darajasi bir xilda oshadi. Gormonli holat shunchaki begonalarning siri haqidagi suhbat tufayli oʻzgargan.

Tadqiqot mualliflarining fikriga koʻra, organizmning shunga oʻxshash biokimyoviy reaktsiyasi gʻiybat inson evolyutsiyasida muhim rol oʻynaganligidan dalolat beradi. Muloqotdan va sirlar bilan boʻlishishdan bahramand boʻlish ajdodlarimizga katta guruhlarda hayotning norasmiy qoidalarini oʻrnatish, obroʻ-eʼtiborni baholash va oʻzaro ishonchni qoʻllab-quvvatlashda yordam bergan.

Televizor qarshisida koʻp vaqt oʻtkazish oʻta xavfli xastalikni keltirib chiqaradi – olimlar

Stenford universiteti olimlarining fikricha, bugungi kunda mish-mishlar, gap-soʻzlar mustahkam ijtimoiy aloqalarni oʻrnatishga – hamkorlikka hozir boʻlgan odamlar bilan munosabatda boʻlish, shuningdek, uni ranjitmoqchi boʻlgan shaxslarda xalos boʻlishga koʻmaklashadi.

Asosiy mavzular