10:47 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Amerikalik hindu qozoqlarni genetik birodar deb hisoblaydi

© Sputnik / Anatoliy Ustinenko
Dunyoda
Havola olish
770 0 0

Amerikaning Cheroki qabilasiga mansub hindu qozoqlar va amerika mahalliy aholisi orasida koʻplab oʻxshashliklar topdi.

TOSHKENT, 10 fev – Sputnik. Amerikalik Cheroki qabilasiga mansub Raxsaan Uolf ismli hindu qozoqlar va hindular genetik darajada ogʻa-ini ekaniga ishonchi komil. Raxsaan qozoqlar va amerika mahalliy aholisi orasida koʻplab oʻxshashliklar topdi, bu haqida Tengrinews telekanaliga asosan Daryo xabar qilmoqda.

“Men asli amerikalikman, Cheroki qavmi koʻchmanchisiman. Hindular va qozoqlarning umumiy timsollari bor, bu - bizni yaqinlashtiradi. Men Osiyo madaniyatiga yaqinman, Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyo tarixini oʻrganganman. Bizda koʻp umumiy belgilar bor. Masalan: koʻchmanchilik urf-odatlari, ot minish, burgut bilan ov qilish, doʻmbra chertish kabi”, — deydi Raxsaan.

Amerika mahalliy aholisi – hindular kelib chiqishi borasida oʻtkazilgan izlanishlarda – ular Rossiyaning Oltoy oʻlkasi, Sibir va Markaziy Osiyo, Janubiy Xitoy hududida yashagan qabilalarning Alyaska orqali Amerika hududiga koʻchib kelishi natijasida paydo boʻlgan degan nazariya oʻz tasdigʻini topgan. Ushbu xalqlar va hindular genlarida boshqa xalqlarda uchramaydigan xromosomalar topilgan. Taxminan 12 ming yil oldin hozirgi Bering boʻgʻozi oʻrnida quruqlik boʻlgan va Alyaska Yevroosiyo qitʼasiga tutash boʻlgan.

Bugungi kunda eng koʻp hindular Meksika hududida yashaydi - 10 mln kishi. Shuningdek Boliviyada - 7 mln, Peruda - 6 mln, Gvatemalada - 5,4 mln, Ekvadorda - 3,4 mln, AQShda - 2,4 mln, Kolumbiya va Kanadada - 1 mlndan ortiqroq hindu yashaydi. 

Asosiy mavzular