Coca-Cola yangi ta’mli ichimlik chiqaradi

Obuna bo‘lish
Dunyoga mashhur bo‘lgan ichimliklardan biri Coca-Cola kompaniyasi so‘nggi 10-yil ichida ilk bor yangi ta’mli ichimlik chiqaradi.

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Coca-Cola kompaniyasi so‘nggi 10-yil ichida ilk bor yangi ta’mli ichimlik chiqarishini ma’lum qildi.

Kompaniyaning rasmiy saytida keltirilishicha, yangi ta’mli ichimlik 25-fevral kuni sotuvga chiqariladi.

Yangi ichimlik apelsin va vanil ta’miga ega bo‘ladi. Shuningdek, shakarli va shakarsiz variantlarda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

​Avvalroq, 1985-yilda Coca-Cola ichimligining olcha, 2007-yilda esa vanil ta’miga ega bo‘lgan ichimliklari sotuvga chiqarilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0