11:10 25 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.78
  • EUR9493.15
  • USD8441.36
Tadjikskaya svadba v Moskve Xangomы i Xalima

Tojikistonda toʻydan avval qizlar bokiraligi tekshirilishi shart...mi?

Sputnik / Stas Etvesh
Dunyoda
Havola olish
3563 0 0

Tojikiston Sogʻliqni saqlash vaziri Nasim Olimzoda qizlar bokiraligi tekshirilishi haqida farmon chiqarilgan-chiqarilmaganiga oydinlik kiritdi.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Tojikiston Sogʻliqni saqlash vazirligi hech qachon qizlar bokiraligi tekshirilishi haqida farmon chiqarmagan, deb maʼlum qildi idora rahbari Nasim Olimzoda Dushanbedagi press-konferentsiyada. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

Shu bilan birga u ayrim mojarolar sababli huquqni muhofaza qilish organlari koʻrsatmalariga binoan shunga oʻxshash tekshiruvlar oʻtkazilgan boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.

Avvalroq BMTning Xotin-qizlar kamsitilishiga qarshi qoʻmitasi Dushanbe rasmiylariga murojaat qilib, nikohdan avval bokiralik tekshirilishini taqiqlashga chaqirgan edi. BMT ushbu amalyotni ogʻriqli va kamsituvchi deb atagan edi. BMTning fikriga koʻra, shunga oʻxshash tekshiruvlarga tibbiy ehtiyoj zarur emas.

Tojikistonda soʻnggi yillarda qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, nikohni rasmiylashtirmoqchi boʻlgan yoshlar tibbiy koʻrikdan oʻtishlari va sogʻliqlari haqidagi tibbiyot maʼlumotnomani FXDYoga topshirishlari kerak, chunki tibbiy maʼlumotnomasiz nikohni qayd qila olishmaydi.

Asosiy mavzular