10:16 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Samolet aviakompanii Uralskiye avialinii

Barnaulda odamlar samolyot trapidan qulab tushishdi – video

© Sputnik / Pavel Lisitsыn
Dunyoda
Havola olish
303 0 0

Olti nafar yoʻlovchi jarohat olgan, ulardan toʻrt nafari Barnaul shahar 1-son shifoxonasiga yotqizilgan.

TOSHKENT, 12 fev - Sputnik. Rossiyaning Barnaul shahrida olti nafar yoʻlovchi aeroportda samolyot trapidan qulab tushdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Qayd etilishicha, hodisa soat 07:30da Titov G.S. nomidagi Barnaul xalqaro aeroportida  yoʻlovchilarning "Uralskiye avialinii" havo yoʻllari kompaniyasining “Barnaul-Moskva” reysiga minish chogʻida sodir boʻlgan.

Olti nafar yoʻlovchi jarohat olgan, ulardan toʻrt nafari Barnaul shahar 1-son shifoxonasiga yotqizilgan.

“Isteʼmolchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xizmat koʻrsatish holati yuzasidan (Rossiya JK 238-m. 1-q.) jinoiy ish qoʻzgʻatildi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda yozilishicha, yoʻlovchilar qulab trap 2018 yil oktyabr oyida  tekshiruvdan oʻtkazilgan va uning nosozligi toʻgʻrisida biror maʼlumot keltirilmagan.

Asosiy mavzular