09:35 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Kitayskiye denejnыe kupyurы-yuani

Xitoylik badavlat tadbirkor hamqishloqlariga millionlar tarqatdi – video

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk
Dunyoda
Havola olish
352 0 0

Qayd etilishicha, pul dastasining qalinligidan har birini qizil ip bilan oʻrashga toʻgʻri kelgan.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Xitoylik multimillioner Chjen Datsin hamqishloqlariga 12 million yuan atrofida pul(1,7 million dollar) tarqatdi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi maʼlum qildi.

Oltmish yoshli millioner oʻtgan hafta Sichuan provintsiyasida joylashgan ona qishlogʻi Dintsitsyao tashrif buyuradi. U bir necha kun davomida mahalliy aholi bilan uchrashib, ularga sovgʻalar ulashdi.

Datsin 50 yoshdan oshgan kishilarga  9 million yuan naqd pul, shuningdek, 3 millionlik maishiy texnika, jumladan, konditsioner, sovutgich va televizorlar tarqatadi. Qayd etilishicha, pul dastasining qalinligidan har birini qizil ip bilan oʻrashga toʻgʻri kelgan. Har bir pul dastasida 2 mingdan 6 ming yuangacha boʻlgan.

Shuningdek, mahalliy aholining 60 yoshdan oshgan kishilariga ular jonajon oʻlkalarini yuqoridan tomosha qilishlari uchun vertolyotda bepul sayohat tashkillashtirgan.

Chjen Datsin – “Xinjiang Tiandi Group” korporatsiyasining raisi. U qashshoq oila tugʻilgan va kam haq olib, mehnat qilgan. 1985 yil Urumchi shahriga koʻchadi va u yerda oʻz biznesiga asos soladi.

Asosiy mavzular