Rossiyada “Iyegova shohidlari” bilan yuzaga kelgan vaziyat Britaniyani tashvishga soldi

© Wikipedia / UK GovernmentMinisterstvo inostrannix del Velikobritanii.
Ministerstvo inostrannix del Velikobritanii. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan haftada Rossiyaning Orel shahri sudi ushbu hududda “Iyegova shohidlari”ga rahbarlik qilgan Denis Kristensenga olti yil koloniya jazosini tayinladi.

TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada “Iyegova shohidlari” atrofida bo‘lgan vaziyat tashvishga tushib, Moskvani ta’qibga uchrashi mumkin bo‘lgan fuqarolar huquqlarini himoya qilishga chaqirdi. Bu haqda Britaniya TIV rahbar o‘rinbosari Alan Dankan ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Biz Rossiya Federatsiyasida inson huquqlari bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyat, shu jumladan “Iyegova shohidlari”ga munosabat yomonlashuvi, shuningdek yaqinda Dennis Kristensen ishi bo‘yicha juda xavotirlanyapmiz. Inson huquqlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Tarik Axmad Rossiyani xalqaro majburiyatga rioya qilishga chaqirgan... ta’qibga uchrayotgan fuqarolarni himoya qilish. Moskvadagi elchimiz Rossiya hukumatiga bu masala yuzasidan bayonot berdi”, - deb yozgan Dankan.

Toshkent shahri - Sputnik O‘zbekiston
"Iyegova shohidlari" delegetsiyasi Toshkentda bo‘ldi

O‘tgan haftada Rossiyaning Orel shahri sudi ushbu hududda “Iyegova shohidlari”ga rahbarlik qilgan Denis Kristensenga olti yil koloniya jazosini tayinladi. Shundan keyin bu masala G‘arb OAVlari diqqat markaziga tushdi.

Rossiya Oliy Sudi rahbari Vacheslav Lebedevning so‘zlariga ko‘ra, “Iyegova shohidlari”ni din uchun ta’qib qilinmayapti, ular Rossiya qonunchiligini buzishgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil o‘rtalarida Rossiya adliya vazirligi ekstremistik faoliyat yuritganligi uchnu tashkilotning bosh idorasi - “Iyegova shohidlari boshqaruv markazi” faoliyatini to‘xtatgandi. O‘sha vaqtda “Iyegova shohidlari” tuzilmasida 2,2 diniy guruhlar bor edi. Ular o‘z ichiga 175 ming kishini o‘z ishiga olgan.

Yangiliklar lentasi
0