BMT rohinja musulmonlari uchun mablag‘ yig‘ishni boshladi

© AP Photo / Bernat ArmangueEtnicheskiy Roxindja s veshevim meshkom na golove okolo Bangladeshskoy granisi
Etnicheskiy Roxindja s veshevim meshkom na golove okolo Bangladeshskoy granisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT tadbiri 900000 nafar qochqinlar hamda 300000 nafar Bangladesh aholisining ehtiyojlarini qondirishiga mo‘ljallangan.

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. Birlashgan millatlar tashkiloti Bangladeshda yashayotgan rohinja qochqinlari uchun 920 million dollar yig‘ish kampaniyasini boshlaganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Azon.uz Turkiyaning “Anadolu” agentligiga asosan.

“Bugungi insonparvarlik majburiyatimiz – fuqaroligi yo‘q, rohinja qochqinlari va bangladeshlik aholining holatini barqarorlashtirishdir”, deydi BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi.

BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi va Migratsiya agentligining birgalikdagi bayonotida tuzilgan reja 900000 qochqinlarni hamda 300000 Bangladesh aholisining ehtiyojlarini qondirishi aytilgan.

Xalqaro Amnistiya ma’lumotlariga ko‘ra, Myanma harbiylari 2017-yil avgustida ozchilik musulmonlar jamiyatiga qarshi kurashni boshlaganidan so‘ng, 750 mingdan ortiq rohinja qochoqlari, asosan, bolalar va ayollar Myanmadan qochib, qo‘shni Bangladeshga ko‘chib o‘tishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ulkan mablag‘ni jamlash xayr-ehson aksiyasi doirasida 2019-yilning 4-fevralida mashhur Gollivud aktrisasi Anjelina Joli ham jalb qilingan va u Bangladeshga tashrif buyurgan edi.

Yangiliklar lentasi
0