Tojikistonda Xitoy va Vyetnam fuqarolari fohishaxona ochishgani aniqlandi

© AFP 2023Devushka legkogo povedeniya i yee kliyent
Devushka legkogo povedeniya i yee kliyent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Salonda uch nafar Vyetnam fuqarolari tomonidan intim xizmatlari ko‘rsatilgan.

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. Tojikiston huquq tartibot organ xodimlari fohishaxona tashkil qilishda gumonlangan Xitoy va Vyetnam fuqarolari qo‘lga olindi. Bu haqda Tojikiston IIV xabar qildi.

Jenshini v metro - Sputnik O‘zbekiston
"Sevishganlar kuni" qizigan chog‘da Toshkentda fohishalarga ov uyushtirildi

Xabarda aytilishicha, 32 yoshli Van Ven Min va 29 yoshli uven Dang Mi Dushanbe shahrida ijaraga uy olib, uni intim xizmatlarini ko‘rsatish saloniga aylashtirishdi.

Gumonlanuvchilar 2018-yil dekabr oyi boshida Olmaota orqali Dushanbega ayollarni olib kelishdi.

Bu ayollarga Rossiyada ofitsiantka sifasida ishga kirish va’da berilgan.

Biroq ularning pasportlari olib qo‘yilib, fohishalik qilishga majburlangan.

Nashrning ma’lumotiga qaraganda, 2 oy ichida har bir ayoldan 5 ming dollardan ortiq pul ishlab topilgan.

Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0