01:21 23 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Tatyana Bakalchuk

Rossiyada ikkinchi milliarder ayol paydo boʻldi

© Ball.spb
Dunyoda
Havola olish
824 0 0

Wildberries internet magazini asoschisi Tatyana Bakalchukning mulki 1,2 milliard dollarga baholanmoqda.

TOSHKENT, 21 fev - Sputnik. Rossiyada ikkinchi milliarder ayol paydo boʻldi deb xabar qildi Forbes jurnali bugun oʻz sahifasida.

Runetdagi eng yirik internet magazin – Wildberries kompaniyasi asocchisi Tatyana Bakalchuk Rossiyaning eng boy ayollari roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egalladi. Bugungi kunda Wildberries kompaniyasi qiymati 1,2 milliard dollarni tashkil qiladi.

Forbes roʻyxatining birinchi qatorida, hali ham Moskva shahrining sobiq hokimi Yuriy Lujkovning rafiqasi Yelena Baturina joylashgan.

Wildberries kompaniyasining yagona mulkdori Tatyana Bakalchukning mulki bir yil oldin 600 million dollarga baholangan edi. oʻtgan yil davomida Wildberries oʻz daromadini ikki baravar oshirishga muvaffaq boʻldi. 2018 yilda kompaniya daromadi 1,7 milliard dollarni tashkil qildi.

Oʻtgan yil davomida kompaniya Rossiya hududida 1000 dan ortiq buyurtma berilgan tovarni oʻzi olib ketish markazlarini ochdi. Hozir Wildberries magaziniga tegishli boʻlgan “oʻzi olib ketish markazlarining” umumiy soni 2799 tadan iborat.

Undan tashqari Wildberries Moskva viloyatida 145 ming kvatdart metrmaydonda logistika markazi qurmoqda. Kompaniya saytiga bir oyda 60 million kishi tashrif buyuradi.             

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu muvaffaqiyatga Tatyana oʻz kuchi bilan erishgan. Uning asli kasbi ingliz tili oʻqituvchisi boʻlgan. 2004 yilda u turmush oʻrtogʻi Vladislav bilan oʻz biznesini boshlagan. Dastlab ular Otto va Quelle kataloglaridagi buyumlarni sotish bilan shugʻullangan, keyinchalik oʻz assortimentini kengaytirishgan. Boshida ularning oʻz kvartirasi omborxona vazifasini bajargan.

Asosiy mavzular