20:06 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Mesto krusheniya indiyskogo samoleta v Kashmire. 27 fevralya 2019

Pokiston Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirdi

AP Photo / Mukhtar Khan
Dunyoda
Havola olish
383 0 0

Samolyotlardan biri Ozod Kashmir hududiga, boshqasi esa nazorat chizigʻiga quladi.

TOSHKENT, 27 fev – Sputnik. Pokiston armiyasi chorshanba kuni ertalab mamlakatning bahsli mintaqasi Kashmirda Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirdi, deya xabar qildi RIA Novosti.

“Samolyotlardan biri Ozod Kashmir hududiga, boshqasi esa nazorat chizigʻiga quladi”, - deb yozdi oʻzining Twitter sahifasida Pokiston qurolli kuchlari matbuot kotibi general-mayor Asif Gʻofur.

Urib tushirilgan samolyotlar uchuvchilardan biri hibsga olingan.

Pokiston TIV Islomobod oʻz-oʻzini mudofaa qilishga qodirligini namoyish etganini maʼlum qildi.

​Nyu-Dehli va Islomobod munosabatlari keskinlashgan. Tomonlar oʻrtasida siyosiy, tarixiy va hududiy, xususan, Kashmir viloyatining maqomi yuzasidan kelishmovchiliklar mavjud.

Kashmir – bahsli hudud. U yerda mustaqillikka erishish yoki Pokistonga qoʻshilish tarafdori boʻlganlar faol harakat qilishmoqda.

Nyu-Dehli Pokiston hukumatini qurolli tarafdorlarni qoʻllab-quvvatlashda ayblamoqda, Islomobod esa aybdovni rad etmoqda.

​Mamlakatlar oʻrtasidagi nizo 14 fevraldan soʻng yanada keskinlashdi. Xudkush terrorchi Hindiston harbiy politsiyasi kolonnasi yonida oʻzini portlatib yubordi. Oqibatda 45 kishi halok boʻldi. “Jaysh-a-Muhammad” islom guruhi ushbu hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmisiga oldi. 26 fevral kuni Hindiston harbiy-havo kuchlari Kashmirning Pokiston qismidagi “Jaysh-a-Muhammad” guruhining yirik mashgʻulot lageriga zarbalar berdi. Havo hujumi oqibatida koʻplab jangarilar, ularga tegishli transport, qurol va oʻq-dori yoʻq qilingan. Hindiston tashqi ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari Vijay Gokhale bu zarba mutlaqo zarur boʻlgani, chunki guruh Hindistonning turli hududlariga xudkushlar ishtirokida hujumlar tayyorlayotganini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular