02:08 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Dunyoda
Havola olish
248 0 0

Rossiyalik mutaxassislar fikriga koʻra, Ukrainada qizamiq epidemiyasi tarqalishiga AQSH biolaboratoriyalarining qoʻli bor.

TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Ukraina qizamiq kasaliga chalinganlar soni boʻyicha dunyo yetakchisiga aylandi deb xabar qilmoqda Russia Today UNICEF maʼlumotlariga asosan.

2018 yil yakuniga koʻra, Ukrainada qizamiq kasali 30338 kishida qayd etilgan. Ikkinchi oʻrinda Fillipin – 13 192 kishi, uchinchi oʻrinda – Braziliya -10 262 kishi.

Mutaxassislar fikriga koʻra Ukrainada soʻnggi bir necha yil ichida qizamiq bilan kasallanganlar soni 40 baravarga oshgan. Kasallik haqiqiy epidemiyaga aylangan.

Qayd etish joizki, Donetsk viloyati hududida qizamiq epidemiyasi kuzatilmayapti. U yerda ushbu kasallik biror kishida ham qayd etilmagan. Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, Ukraina hududida ushbu kasallik tarqatilishi tabiiy emas sunʼiy yoʻl bilan amalga oshirilgan. 

Mutaxassislar qizamiq epidemiyasi avj olishiga bir necha sabalar borligini aytishmoqda. Birinchidan, bu Ukrainaning yangi sogʻliqni saqlash vaziri Ulyana Suprun faoliyati bilan bogʻlashmoqda. AQSH fuqarosi boʻlgan Suprun, 2014 yil voqealaridan soʻng tibbiyot vaziri etib tayinlangan, aslida uning tibbiyot sohasida diplomi yoʻq.

Suprun boshchiligida Ukraina tibbiyot sohasi yanada ayanchli ahvolga kelib qolgan. Koʻplab tibbiy muassasalar yopilgan yoki taʼminotsiz qolgan, yetakchi ilmiy institut butunlay tarqatib yuborilgan, eng yaxshi mutaxassislar sohani tashlab ketishga majbur boʻlgan.

Samarasiz boshqaruv natijasida aholini qizamiqdan vaktsinatsiya qilish jarayoni mutlaq qoniqarsiz ahvolga kelib qolgan, mamlakatga yetarli miqdorda vaktsianalar olib kelinmagan.  

Ikkinchidan, rossiyalik mutaxassislar fikriga koʻra, Ukrainada faoliyat yuritayotgan AQSH biolaboratoriyalarida qizamiq virusining kuchaytirilgan turi yaratilgan va u ataylab aholi ommaviy toʻplanayotgan joylarda tarqatilgan. Kuchaytirilgan virusga oldingi vaktsinalar taʼsir qilmaydi.

Eslatib oʻtamiz, qizamiq - bu oʻtkir infektsion kasallik boʻlib, havo-tomchi yoʻli bilan yuqtiriladi. U ayniqsa yosh bolalar hayoti uchun oʻta xavfli hisoblanadi. 20 asr boshlarida bolalar oʻlimining oʻrtacha 20%ga qizamiq sabab boʻlgan. Sobiq SSSR davrida barcha bolalar emlangani tufayli kasallik chekingan edi. 

Asosiy mavzular