Tish bilan bog‘liq muammoning o‘limga olib keluvchi xavfi aniqlandi

Obuna bo‘lish
Tishda hosil bo‘ladigan bakteriyalar qatlamining oshishi o‘ta xavfli kasallik rivojlanishini jadallashtiradi.

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Tishda hosil bo‘ladigan bakteriyalar qatlamining oshishi yo‘g‘on ichak saratonining rivojlanishini jadallashtiradi, deb yozadi MedicalXpress.

Xabarda yozilishicha, Kolumbiya universiteti olimlari (AQSh) tadqiqot o‘tkazishadi. O‘tkazilgan tadqiqot davomida o‘simtaning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi F. Nucleatum baktriyasining harakat mexanizmni aniqlanadi. Ma’lum bo‘lishicha, bakteriyaning harakat mexanizmi anneksin A1 oqsili ta’siri ostida ichakda rivojlanadi. Anneksin A1 oqsili esa bakteriya va saraton hujayralari o‘rtasida bog‘lovchi vazifasini bajaradi.

Letniy otdix v Sochi. - Sputnik O‘zbekiston
Tish tozalamaslik impotensiyaga olib keladi - olimlar

Mutaxassislar uchdan bir yo‘g‘on ichak saratoni holatlari parodontit va kariyes kasalliklarini keltirib chiqaruvchi F. Nucleatum bakteriya konsentratsiyasining oshishiga bog‘liq ekanligini aniqlashdi. Qayd etish joizki, shunga o‘xshash o‘simtalar boshqalariga qaraganda ko‘proq o‘limga olib keladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, bakteriya konsentratsiyasini kamaytirish va anneksin A1 oqsili harakatlarini bloklab qo‘yish o‘simtaning o‘sishini sekinlashtiradi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, mazkur ma’lumotlar yo‘g‘on ichak saratonining o‘ta xavfli turlarini aniqlash va davolashni osonlashtirishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0