21:47 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Mujchinы s izbыtochnыm vesom

Olimlar semizlikning kutilmagan foydasini maʼlum qilishdi

© East News / Tony Alter
Dunyoda
Havola olish
1750 0 0

Olimlar miyasiga kuchli qon quyilishi kuzatilgan minglab keksa bemorlarni uch oy davomida kuzatib borishdi.

TOSHKENT, 6 mar — Sputnik. Ortiqcha vazn insonga favqulodda holatlarda yordam berishi mumkin.

Amerika nevrologiya akademiyasi olimlarining maʼlum qilishicha, ortiqcha vazn diabet va yurak-qon tomirlari xastaliklarini keltirib chiqarish xavfini tugʻdirishiga qaramasdan, u insultdan soʻng insonni erta oʻlimdan himoyalashi mumkin.

“Shifokorlar ortiqcha vazn ogʻir buyrak va yurak xastaliklarini boshdan kechirgan insonlarning yashab ketish ehtimolini oshirishiga eʼtibor qaratishdi. Biz semirish va insult oʻrtasida aloqa bor-yoʻqligini tekshirishga qaror qildik”, - dedi Amerika nevrologiya akademiyasi olimi Tszolu Lyu.

Olimlar miyasiga kuchli qon quyilishi kuzatilgan minglab keksa bemorlarni uch oy davomida kuzatib borishdi. Maʼlum boʻlishicha, ortiqcha vaznga ega bemorlar oʻrtasida insultdan oʻlim holati vazni meʼyordagi bemorlarga nisbatan 62 foiz kamroq kuzatilgan.

Olimlarning fikriga koʻra, ortiqcha vaznga ega boʻlgan kishilarda oziq moddalari zaxirasi koʻproq boʻladi, shuning uchun organizm uchun favqulodda holatda yashab ketishiga yordam beradi.

Mutaxassislar ushbu fakt ilmiy jihatdan isbot topishi uchun yana koʻproq izlanishlar olib borgandan soʻng tana vazni va miyaga qon quyilishi oʻrtasida qanday bogʻliq borligi haqidagi xulosaga kelish mumkinligini taʼkidlashdi.

Asosiy mavzular