06:47 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Jallod kerak! Shri-Lankada yangi boʻsh ish oʻrniga mutaxassis qidirilmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Bezeka
Dunyoda
Havola olish
1057 0 0

Jallodlik ishiga 102 kishi qiziqish bildirgan. Ularning orasida AQSH fuqarosi ham boʻlgan, lekin amerikalik nomzodi rad etilgan

TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. Shri-Lankada jallodlik boʻsh ish oʻrniga berilgan eʼlon qisqa vaqt ichida 102 kishining eʼtiborini tortdi, deb xabar qildi Reuters mahalliy qamoq xizmati vakiliga tayangan holda.

Ushbu eʼlon mahalliy hukumat narkotik moddalar savdosi uchun oʻlim jazosini qayta tiklash haqidagi qarorni qabul qilgach eʼlon qilingan edi.

"Nomzod yoshi 18 yoshdan 45 yoshgacha boʻlishi, u yaxshi axloq, oʻtkir aql va stresslarga chidamli boʻlishi lozim. Ushbu vakansiyaga qiziqish bildirganlar orasida AQSH fuqarsi ham bor edi. Ammo uning nomzodi koʻrib chiqilmadi, chunki jallod faqatgina Shri-Lanka fuqarolari orasidan tanlab olinadi", - deyiladi xabarda.

Shri-Lankada oʻlim jazosi qariyb 43 yildan buyogʻiga amalga oshirilmagan, ammo sudlar qotillik, nomusga tegish va narkotik savdosida aybdor deb topilgan shaxslarni koʻplab marotaba oliy jazoga hukm qilganlar. Va soʻngra insonparvarlik nuqtai-nazaridan oʻlim jazosi umrbod qamoq jazosiga almashtirilgan.

Asosiy mavzular