20:59 20 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Politsiya i skoraya pomoщ

Oʻtaketgan shafqatsizlik: Moskvada maugli-qizcha topildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova
Dunyoda
Havola olish
1514 0 0

Rossiya politsiya va FVV xodimlari 10 mart kuni Moskva shahrida onasi oʻz uyida bir necha kun qarovsiz qoldirgan 5 yashar qizaloqni qutqarishdi.

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Rossiya politsiya va FVV xodimlari 10 mart kuni Moskva shahrida onasi oʻz uyida bir necha kun qarovsiz qoldirgan 5 yashar qizaloqni qutqarishdi. Qizaloq antisanitar sharoitlarda kun kechirgan. U istiqomat qilgan xona axlatxonaga oʻxshaydi.

Rossiya Bosh tergov qoʻmitasining maʼlum qilishicha, qizcha kasalxonaga yotqizilgan.

Hozirda qizaloqning onasi qoʻlga olingan va unga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Soʻroqda ayol yolgʻiz ona ekanligi va u ishga yoki ishlari boʻyicha biror joyga ketayotib, qizini uyda uzoq boʻlmagan muddatga yolgʻiz qoldirishga majbur boʻlganligini maʼlum qildi. U olingan kredit va kommunal xizmat qarzlari sababli uyni sotib, qizi bilan tanishining uyiga vaqtinchalik koʻchib oʻtmoqchi boʻlganini aytdi. Tergovchilar ushbu maʼlumotlarni sinchkovlik bilan tekshirib chiqishadi.

Kvartira na Leningradskom shosse v Moskve, gde bыl obnarujen broshennыy rebenok
Kvartira na Leningradskom shosse v Moskve, gde bыl obnarujen broshennыy rebenok

RIA Novostining xabar qilishicha, qizcha krovatda uxlashga oʻrganmagan va suvdan qoʻrqadi.

“Shuningdek, biz u 2015 yilgacha nazoratda boʻlgan poliklinika mudiri bilan suhbatlashdik. U doimiy ravishda nazorat ostida boʻlgan va uning rivojlanishi yoshiga mos boʻlgan. Lekin, afsuski, hozir bola gapirmaydi. Biz uning oldida boʻlganimizda churq etmadi. Menga u flomasterdan qanday foydalashni ham bilmaydiganday tuyuldi”, - dedi Rossiya prezidenti huzuridagi bola huquqlari boʻyicha ombudsmen Anna Kuznetsova.

Hozirda qizchaning onasini ota-onalik huquqidan mahrum etish masalasi ham koʻrib chiqilmoqda. 

Asosiy mavzular