Melaniya qiyofadoshi? Tramp yana rafiqasini alishtirib qo‘yishda gumonlanmoqda

© REUTERS / Axel SchmidtPrezident SShA Donald Tramp i pervaya ledi Melanya Tramp v aeroportu Gamburga. 6-iyulya 2017
Prezident SShA Donald Tramp i pervaya ledi Melanya Tramp v aeroportu Gamburga. 6-iyulya 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Twitter᾽da #FakeMelania xeshtegi ostida qizg‘in munozara boshlandi. “Soxta Melaniya” haqidagi xabarlar 2017-yilda paydo bo‘lgan edi.

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari AQSh prezidenti Donald Tramp Alamaba shtatiga rasmiy tashrifi chog‘ida turmush o‘rtog‘i Melaniya Tramp bilan emas, balki boshqa ayol bilan kelganligi haqida bahs-munozara qilishmoqda. Ular Trampni turmush o‘rtog‘ini almashtirib qo‘yganlikda gumonlashmoqda.

​AQSh rahbari va uning turmush o‘rtog‘i Alabama shtatiga tornadodan jabr ko‘rganlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashrif buyurishdi. Ammo ba’zi internet foydalanuvchilari Tramp o‘z rafiqasi Melaniya bilan emas, balki uning qiyofadoshi bilan kelganligini taxmin qilishmoqda.

​Ularning so‘zlariga qaraganda, ayol AQSh birinchi xonimiga qaraganda juda past bo‘yli.

Shuningdek, sinchkov foydalanuvchilar ayolning oyoq kiyimiga e’tibor qaratishdi. Chunki ayol krossovkada kelgan edi. Ular Melaniya Tramp baland poshnali oyoq kiyimlarni kiyishni xush ko‘rishini qayd etishdi.

​Bundan tashqari, uning terisining rangi ham ularda shubha uyg‘otdi.

Twitter᾽da #FakeMelania xeshtegi ostida qizg‘in munozara boshlandi. “Soxta Melaniya” haqidagi xabarlar 2017-yilda paydo bo‘lgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0